SportUz.Net
photo photo

Karlo Anchelotti: "Nega Kazemiro ECHL g'olibi safidan APL 20-o'rinidagi klubga o'tganini bilmayman - bu uning qarori"

19.08.2022 23:25    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval Karlo Anchelotti ishtirokidagi matubot anjumani bo'lib o'tdi.

Tabiiyki savollarning aksariyati Kazemiro va uning "Manchester Yunayted"ga transferi haqida bo'ldi.

"Biz Kazemironi qolishga ko'ndirishga harakat qilmadik. U klub uchun yillar davomida astoydil ter to'kdi va tanlash imkoniyatiga loyiq. U niyatini ochiqchasiga tushuntirdi.

Men ham, klub ham bunga hurmat bilan munosabatda bo'ldik, biz uni tushunishga urindik. 

Kazemiro "Real"dan ketib, yangi chaqiruvga javob berishni istadi. Hozircha hech nima rasmiy ko'rinish olmadi, lekin u ketish haqida jiddiy o'ylayotgani fakt.

"Ortga yo'l yo'q. Kazemiro o'zini yangi chempionatda sinab ko'rishni istadi. Biz unga jamiyki yaxshi tilaklarni tilab qolamiz.

Tchuameni? Nima ham derdim, bizda Kazemiroga munosib o'rinbosar bor. Tchuameni aynan Kazemironing poziciyasi uchun sotib olingan, Kroos va Kamavinga ham tanyach zonada harakat qila oladi. 

Biz qatorasiga 22 o'yinni yutganimizda mening tayanch yarim himoyachim Kroos bo'lganini aytib qo'ymoqchiman.

Avvaliga bu xabarlarni shunchaki mish-mish deb, etibor bermagandim. Biroq keyin Kazemiro kelib, ketmoqchiligini aytdi. Biroq rejalarimiz o'zgarmaydi — biz Kazemiro bilan ham, usiz ham barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurashamiz. 

Kazemiro jamoaning muhim futbolchisi hisoblanardi, u Kroos va Modrich uchun ayniqsa muhim edi — bu uchlik muvaffaqiyat kaliti edi.

Tarkibimda 6 nafar yarim himoyachi bor va mavsum uchun o'rta chiziqda muammo yo'q. Ularning har biri juda va juda yaxshi o'yinchilar".

Jamoadoshlari ham Kazemironing qarorini hurmat qilishadi. Futbolchilarning barchasi uni yaxshi ko'radi. 

Kroos menga tayanch yarim himoyachi bo'lib o'ynashni istamasligini aytdi? Yo'q, bunday ish bo'lmadi. Agar Toni shunday qilsa-mi? (kuladi) Hech qisi yo'q, u baribir o'sha erda o'ynaydi".

"Nega Kazemiro Evropa chempionlari safidan kurashayotgan jamoa tarkibiga o'tdi? Bu borada hech nima deya olmayman. Bu uning shaxsiy qarori.

"Tchuameniga barchasiga ko'nikib olishi uchun ko'proq vaqt kerak, u hali ham o'rganishi va rivojlanishi kerak. U yarim himoyachi uchun zarur barcha hislatlarga ega bo'lgan, aqlli va mehnatkash yigit".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: