SportUz.Net

Obameyang "CHelsi"ga o'tishga rozi, ammo londonliklar "Barselona"ga 30 mln evro to'lamoqchi emas

19.08.2022 16:25    


Rasmni yuklab olish

"CHelsi" vakillari "Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyangning agenti bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 33 yoshli gabonlik London klubiga o'tishga rozi. Muzokaralar davomida hech qanday muammo bo'lmadi.

Ammo, "ko'klar" transfer narxi bo'yicha "Barselona" bilan kelisha olishmayapti. Kataloniyaliklar o'yinchi uchun 30 million evro xohlashmoqda.

Obameyang "Barselona"ga "Arsenal" bilan shartnomasini bekor qilgan holda 2022 yilning yanvarida erkin agent maqomida o'tgandi. Forvard kataloniyaliklar tarkibida 24ta o'yinda 13ta gol va 1ta assist qayd etishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: