SportUz.Net

Korona JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi

19.08.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Sevilya” yarim himoyachisi Xesus Korona og'ir jarohat oldi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, mashg'ulot paytida 29 yoshli futbolchining kichik boldir suyagi singan va chap oyoq to'pig'i bo'g'imining deltasimon paylari shikastlangan. Korona jarrohlik stoliga yotadi va 4-5 oyga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi.

SHu tariqa, u JCH-2022'da Meksika TJga yordam berolmaydi. Ularga guruh bosqichida Polsha, Argentina va Saudiya Arabistoni raqiblik qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: