SportUz.Net
photo photo

Villian Angliya chempionatiga qaytishni xohlamoqda

10.08.2022 13:25    


Rasmni yuklab olish

"Korintians" hujumchisi Villian Angliya chempionatiga qaytishni xohlamoqda.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. 34 yoshli braziliyalikning agenti Kia Jurabchian futbolchiga qiziqish bildirayotgan "Fulxem" bilan muzokaralar olib bordi.

Villian 2013 yilning avgustidan 2020 yilning avgustiga qadar "CHelsi"da o'ynagan va shundan so'ng yana bir yil "Arsenal"da harakat qilgan, yakunda "Korintians"ga yo'l olgan edi.

Villian joriy mavsum "Korintians" safida 36ta o'yinda 1ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt forvardni 5,5 mln evroga baholamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: