SportUz.Net
photo photo

Klopp: "Mag'lubiyatga loyiq edik"

07.08.2022 16:50    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 1-turida "Fulxem"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Biz o'yinni o'zimiz istaganning yarmidek boshladik. Raqibning o'yin tizimini buzib tashlashimiz kerak edi, biroq barchasini o'zlarining qo'llariga topshirdik. O'z o'yinimizni topa olmadik, "Fulxem" bizdan ustunlik qildi.


Biz raqibdan katta uslunlik qilishga o'rganib qolganmiz. Biroq bugun buni uddalay olmadik. Aniq va tez harakat qmlmadik. Uchrashuvdan eng yoqimli xotira - natija. Bir ochko ishlab olganimizdan xursandman. CHunki uch ochko yo'qotishimiz hech gap emasdi. Raqiblar bizni jazolashganidan ham mamnunman. Uch ochko yo'qotishimiz mumkin edi, ammo ikki ochko yo'qotdik.


Mag'lubiyatga loyiq edik, natija boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Bo'lgan voqeliklardan dars olish kerak. "Fulxem"ni maqtasam bo'ladi, ular zo'r o'ynashdi. SHu sababli biz bir ochko ishladik.


Nima sababdan "Manchester Siti"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatib, etti kundan keyin biz ortga qarab ketganimizni tushunishim kerak", - dedi Klopp.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: