SportUz.Net
photo photo

Bugun O'zbekiston MTJ Iroq bilan o'ynaydi

29.03.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun Toshkentda O'zbekiston va Iroq terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi.

O'yin soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. SHunday ekan ikki terma jamoaning o'zaro o'yinlar tarixi va natijalariga to'xtalib o'tamiz.

Bu yurt vakillari bilan qarshi shu vaqtga qadar o'n marotaba to'qnash kelganmiz. Dastlabki o'yin 2000 yil Tailandda o'tkazilgan to'rt millat kubogi musobaqasida bo'li o'tgan va unda Iroq 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan. Bu Iroqning O'zbekiston bilan o'yinlardagi dastlabki g'alabasi edi.

SHundan so'ng ushbu terma jamoa bilan 2004 yil JCH-2006 saralash bosqichida ikki xil natija bo'lgan, Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkanmiz, Anvar Solievning yagona goli bizga bir ochko taqdim qilgan edi. Ammanda o'tgan javob uchrashuvida esa termamiz 2:1 natijasi bilan g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan. SHu yili Xitoyda o'tkazilgan Osiyo kubogida Mirajalol Qosimovning jarima zarbasidan kiritgan to'pi kichik 1:0 hisobida g'alabani taqdim qilgan.

Oraliqdagi kichik tanaffusdan so'ng Iroq bilan 2007 yil Rauf Inileev davrida kuch sinashdik, o'rtoqlik maqomida kechgan bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishadi.

2015 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonida milliy jamoamiz Iroq bilan ikki bor o'ynadi, natija esa 0:0, 1:0 termamiz foydasiga. 2016 yil Samvel Babayan boshqaruvida jamoamiz Toshkentda Iroqni qabul qildi, bu ham o'rtoqlik uchrashuvi doirasida. Marat Bikmaev va Eldor SHomurodovning gollariga Abubakr Bayar javob qaytardi, hisob 2:1.

Argentinalik Ektor Kuper boshqaruvida ham Iroq bilan bir marotaba to'qnash kelganmiz. JCH-2018 sarasha bosqichidan o'rin olngan Falastin bilan kechgan bahsda kutilmaganda mag'lubiyatga uchragan terma jamoamiz Iroq bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Tomonlar esa golsiz durangga rozi bo'lishadi. Bu jamoa bilan so'nggi o'yinimizga ko'p bo'lmadi. O'tgan mavsum noyabr oyida BAAda o'tkazilgan bahsda so'nggi daqiqalarda Ali Adnanning goli evaziga Srechko Katanec shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Bugungi bahs umumiy hisobda 11-to'qnashuv.

Demak O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi 10ta o'yinning 5tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, 3ta bahsda durang qayd etilgan va 2ta uchrashuvda Iroq zafar quchgan. O'zbekiston 10ta gol urgan va 7ta gol o'tkazgan.

Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi
01.09.2000 Iroq - O'zbekiston 2:0 | "To'rt millat kubogi"
18.02.2004 O'zbekiston - Iroq 1:1 | JCH-2006 saralashi
18.07.2004 Iroq - O'zbekiston 0:1 | Osiyo Kubogi-2004
13.10.2004 Iroq - O'zbekiston 1:2 | JCH-2006 saralashi
02.07.2007 Iroq - O'zbekiston 0:2 | O'rtoqlik
25.12.2014 O'zbekiston - Iroq 1:0 | O'rtoqlik
28.12.2014 O'zbekiston - Iroq 0:0 | O'rtoqlik
24.07.2016 O'zbekiston - Iroq 2:1 | O'rtoqlik
09.09.2019 O'zbekiston - Iroq 0:0 | O'rtoqlik
17.11.2020 Iroq - O'zbekiston 2:1 | O'rtoqlik

O'zaro uchrashuvlarda to'purar yo'q, Anvar Soliev, Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix, Aziz Ibragimov, Ulug'bek Baqoev, Jamshid Iskanderov, Marat Bikmaev, Eldor SHomurodov, Doston Hamdamov bittadan to'p kiritishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: