SportUz.Net
photo photo

Italiyalik futbol agenti SHomurodovning qaysi ligada o'zini ko'rsata olishini aytdi

05.08.2022 21:25    


Rasmni yuklab olish

Italiyalik futbol agenti Franko Kamocci "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodovning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Men SHomurodovning o'yinini anchadan beri kuzatib boraman. U yorqin darajadagi o'yinchi. Afsuski, Eldor Italiyada o'ynab, bazi muammolarga duch keldi", — dedi Kamocci.

Agentning fikricha, futbolchi jamrasini o'zgartirishi kerak. Greciya chempionati unga o'yin uslubi bo'yicha ko'proq mos keladi, u erda SHomurodov to'liq o'z mahoratini ko'rsata oladi.

Oldinroq 27 yoshli hujumchi "Roma"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino mavsumoldi yig'inidagi futbolchining o'yinidan qoniqmadi. Transfermarkt portali SHomurodovning narxini 8 million evroga baholagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: