SportUz.Net

Rasman: UEFA nomi ostida klublar miqyosidagi o'yinlarda ofsaydni yangicha aniqlash tizimi yo'lga qo'yiladi

04.08.2022 10:25    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko'ra, 2022/23 yilgi mavsumda UEFA nomi ostida klublar miqyosidagi xalqaro o'yinlarda ofsaydni aniqlashning yarim avtomat tizimi rasman ishlay boshlaydi. Tizim UEFA Superkubogi-2022'dan qo'llanishni boshlaydi va CHempionlar Ligasi guruh bosqich o'yinlarida ham ishga solinadi.

Qayd etilishicha, yarim avtomat tizim har bir futbolchi tanasining 29 nuqtasini kuzatish imkoniga ega bo'lgan maxsus kameralar orqali ishlaydi. 2020 yildan beri jami 188 ta test o'tkazildi, jumladan, CHempionlar ligasi o'tgan mavsumidagi barcha uchrashuvlar, ayollar o'rtasidagi ECHL pley-off bosqichi, klublar o'rtasidagi boshqa musobaqalar hamda Evro-2022 finali.

Eslatib o'tamiz, UEFA Superkubogi-2022 uchun “Real” hamda “Ayntraxt” bahs olib boradi. Ular o'rtasidagi uchrashuv 10 avgust kuni Xelsinkida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: