Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi mavsum oralig'ida jami 138 million funt (164,11 million evro) sarflagan.
"Barselona"dan keyingi o'rinda "Bavariya" hisoblanib, klub yozda yangi kelganlar uchun 124 million funt (deyarli 147,5 million evro) to'lagan. Ro'yxatda uchinchi o'rinni egallagan “Arsenal” 119 million funt (141,5 million evro), to'rtinchi o'rindagi “Manchester Siti” 98 million funt (116,5 million evro) sarfladi.
Keyingi pog'onalardan "CHelsi", "Borussiya Dortmund", "Liverpul", "Real", PSJ va "Manchester Yunayted" joy olgan.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"