"Numansiya"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (4:0) klub muxlislari tribunada "CR7 kelishiga qarshimiz" yozuvini ko'tarishdi.
Ushbu lavha aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqaldi.
Portugaliyalik futbolchi ham bunga guvoh bo'ldi hamda kulgi belgisini aks etgan to'rtta emoji bilan javob qaytardi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu yangi mavsum CHempionlar ligasida ishtirok etadigan klub qidirmoqda. "Manchester Yunayted" esa ushbu turnirdan bebahra qolgan.