SportUz.Net

"Barselona" ter SHtegenni sotib yuborishi mumkin

28.07.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" rahbariyati darvozabon Mark-Andre ter SHtegen bilan xayrlashishi mumkin.

Malumotlarga qaraganda, klub yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi kerakligi sabab shu qarorga kelishi lozim. Ter SHtegenning maoshi 7 million evroni tashkil etadi. Uni sotib yuborish klubga moliyaviy tomonlama yordam bo'lishi mumkin. 

Klub yarim himoyachi Frenki de Yong bilan kelisha olmagan taqdirdagina ter SHtegenni sotishi mumkin. 

Avvalroq "Barselona" de Yongga shart qo'ygandi: futbolchi maoshi pasayishiga rozi bo'lishi yoki klubni tark etishi lozim. O'z navbatida, nederlandiyalik futbolchi jamoadoshlariga "Barsa"dan ketmoqchi emasligini malum qilgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: