SportUz.Net

"Atletiko" muxlislari Ronalduning o'tishiga qarshi: "Biz axlat yig'iladigan joy emasmiz"

25.07.2022 18:25    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" muxlislari "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning ushbu yozda Madrid klubiga o'tishiga qarshi chiqishmoqda.

"Matraschilar" muxlislari Twitter'da buni #ContraCR7 (CR7Qarshi) xeshtegi orqali ko'rsatishmoqda. SHunday ekan, muxlislar Ronaldu bilan shartnoma imzolashda o'zlarining noroziliklarini bildirishmoqda va klub qaroriga tasir qilishmoqchi.

"Agar bu odam mening "Atletiko"imga kelsa, men ikki obunamni bekor qilaman. Biz ahlat yig'iladigan joy emasmiz", — deb yozdi muxlislardan biri twitter'da.

"Bu nafaqat "Atletiko" muxlislariga tegishli, balki har bir klub muxlislari Ronalduni rad etishi kerak", — deb yozdi boshqa bir foydalanuvchi.

"Atletiko"chi bo'lmaslik uchun barcha narsani ifodalaydigan masxaraboz. U kiyinish xonasi, muxlislar va qo'li tekkan barchasini vayron qiladi. Uni hatto sport nuqtai nazaridan ham qo'llab-quvvatlab bo'lmaydi, uning darajasi yaqqol tushib ketgan", — deb yozdi klub muxlislaridan biri.


Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda "Atletiko"ning eng ashaddiy raqibi bo'lmish "Real"da o'ynagan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: