SportUz.Net
photo photo

"Nasaf" isroillik hujumchi bilan kelisha olmadi

21.07.2022 14:25    


Rasmni yuklab olish

"Ajdarlar" matbuot xizmati jamoa tarkibiga braziliyalik Mateus Lima Kruz taklif qilingani haqida malumot berdi.

Aslida "Nasaf" tarkibiga boshqa bir futbolchi kelib qo'shilishi ham mumkin edi. Bu isroillik Niv Zrixan bo'lib, tomonlar futbolchining maoshi borasida kelisha olishmagan. Bu erda 28 yoshi hujumchi Isroil fuqarosi ekani ham muhim rol o'ynagan. U OCHLning ehtimoliy bahslarida siyosiy sabablar tufayli qatnasha olmasligi mumkin edi.

"Nasaf" transfer qilayotgan Mateus Lima Kruz ham Qarshiga "Xapoel"dan ko'chib kelyapti. Demak, "ajdarlar" Norchaevga raqobatchi topish masalasini Isroil chempionatidan hal qilmoqchi bo'lishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: