SportUz.Net

"Barselona" futbolchisi Xorvatiya klubiga o'tdi

20.07.2022 17:50    


Rasmni yuklab olish

Mussa Vage "Barselona"dan ketdi va Xorvatiya klubiga o'tdi.

23 yoshli himoyachi faoliyatini "Gorica" jamoasida davom ettiradi. Kataloniya klubi senegallik futbolchining keyingi sotuvidan foiz olishini qayd etdi.

"Barselona" 2018 yilda Vage bilan besh million evro evaziga shartnoma imzolagan edi. O'yinchi Ispaniyaga Belgiyaning "Eypen" klubidan o'tgan edi.

Vage 2020 yilda Greciyaning PAOK jamoasida olgan jarohati sabab deyarli ikki yil rasmiy o'yin o'tkazmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: