SportUz.Net

Suares Messi bilan yana bir klubda to'p tepishiga munosabat bildirdi

08.07.2022 20:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona"ning sobiq hujumchisi Luis Suares "Inter Mayami"da Lionel Messi bilan qayta uchrashishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

"Messi bilan "Inter Mayami"da o'ynaysizmi? Bo'lishi mumkin emas. Hozir mish-mishlar ko'p. Biz shunchaki futbolchilarmiz, kuniga 24 soat turli bemani gaplarni rad etish bilan shug'ullana olmaymiz. Leoning Parijda o'z o'rni bor", - dedi Suares.

Messining PSJ bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va argentinalik futbolchining boshqa ligaga o'tishi mumkinligi haqida ko'plab xabarlar paydo bo'ldi.

"Ispaniyada, Barselonada o'z rejalarim bor. Biz Messining oilasi bilan do'stmiz. Agar u Barselonada yashash uchun qaytsa, do'st bo'lib qolaveramiz. Atrofdagi mish-mishlar shunchaki quruq gap-so'zlardan iborat", - deya qo'shimcha qildi hujumchi.

Suares o'tgan mavsumni "Atletiko Madrid" safida o'tkazdi, hozir esa hujumchi o'ziga yangi klub izlamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: