SportUz.Net
photo photo

Rasman: "Torpedo" Erkinov bilan shartnoma imzolanganini elon qildi

08.07.2022 18:25    


Rasmni yuklab olish

"Paxtakor" yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini Moskvaning "Torpedo" klubida davom ettiradi.

"Torpedo Moskva" futbol klubi O'zbekiston terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolanganini elon qiladi.

O'yinchi bilan shartnoma 3 mavsumga mo'ljallangan.

Hojimat, "Torpedo"ga xush kelibsan", — deyiladi klub xabarida.


Eslatib o'tamiz, 1 iyul kuni saytimiz tomonidan hamyurtimizning "Torpedo"ga o'tishi haqida malum qilgan edik.

Biroz oldin "Paxtakor" klubi ham Erkinovning RPLga yo'l olayotganini rasman elon qildi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: