SportUz.Net
photo photo

Italiya 2006 yildan beri eng yaxshi seriyasini namoyish etmoqda

26.03.2021 12:50    


Rasmni yuklab olish

Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida SHimoliy Irlandiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Roberto Manchini jamoasi 23 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayapti: 18 g'alaba, 5 durang. 

Bu "Skuadra Adzurra"ning 2006 yilning iyulidan buyon qayd etayotgan eng yaxshi natijasidir. Jamoa o'shanda Marchello Lippi boshchiligida 25 ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriya qayd etgandi. 

So'nggi marta Italiya terma jamoasi Manchini qo'l ostida 2018 yilning 10 sentyabrida Portugaliyaga (0:1) yutqazib qo'ygandi. 

Italiyaliklar navbatdagi o'yinni 28 mart kuni Bolgariyaga qarshi o'tkazishadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: