SportUz.Net
photo photo

Ronaldu va Jorjina, Bekxem va boshqalar. Futbol olamining eng go'zal juftliklari (TOP-6)

07.07.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

Messi va uning ayoli bu ro'yxatdan joy olmadi

6. Aleks-Oksleyd CHemberlen va Perri Edvards

Aleks-Oksleyd CHemberlen va Perri Edvards futboldagi eng go'zal juftliklardan biri hisoblanadi.

Xabar qilinishicha, er-xotin 2016 yilning noyabridan uchrasha boshlagan, biroq Perri bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda 2017 yil fevralida elon qilgan. O'sha oyda ular BRIT mukofotlari marosimida birinchi marta birgalikda chiqishgan.

Juftlikning birinchi farzandi Aleks 2021 yil avgust oyida dunyoga kelgan.



5. Neymar va Bruna Byankardi

«PSJ» hujumchisi Neymar ayni damda 2020 yilda tanishgan braziliyalik go'zal Bruna Byankardi bilan munosabatda.

27 yoshli Byankardi MTW'ning "De Ferias com o Ex" realiti-shousi ishtirokchisi hisoblanadi. SHuningdek, u 1,8 million obunachiga ega mashhur blogger. Bruna Byankardi Long Island kiyim brendi bilan ham ishlaydi.


4. Bastian SHvaynshtayger va Ana Ivanovich

Franciya ochiq chempionatining 2008 yilgi g'olibi Ana Ivanovich va «Bavariya» afsonasi Bastian SHvaynshtayger dunyodagi eng muvaffaqiyatli sport juftliklaridan biri.

Serbiyalik tennis yulduzi o'z vaqtida ATP reytingida 2-o'rinni egallagan bo'lsa, SHvaynshtayger «Bavariya» va Germaniya termasining eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida tarixga kirdi.


3. Serxio Ramos va Pilar Rubio

CHempionlar ligasining to'rt karra chempioni, markaziy himoyachi Serxio Ramos o'z davrining eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Uning rafiqasi Pilar Rubio Ispaniyadagi eng mashhur teleboshlovchi va modellardan biri. Ular 2012 yildan beri uchrashib kelishgan. To'ylari esa 2019 yilda Ramosning tug'ilgan shahri Sevilyada bo'lgan.

Ularning to'rt nafar ajoyib farzandi bor: Serxio Jr., Marko, Alejandro va Maksimo Adriano. Ular muntazam ravishda ota-onalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida paydo bo'ladi.


2. Devid va Viktoriya Bekxem

Devid va Viktoriya Bekxemni bir vaqtlar futbol olamining eng mukammal juftligi sifatida tan olishgan. "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi va sobiq  "Space Girls" azosi 25 yildan beri birga bo'lib, ertaklar shunchaki kitoblarda emasligini isbotlashmoqda.

Viktoriya va Devid 1997 yildan beri birga. Hali "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasiga kirib ulgurmagan Devid  "Space Girls" azosining raqamini so'radi, Viktoriya esa rad etmadi.

Bir yil o'tgach, ular unashtirilishdi va nihoyat 1999 yil 4 iyulda turmush qurishdi. O'shandan beri ular ko'plab mish-mishlarni rad etishdi, lekin birga qolishdi. Ularning to'rt nafar farzandlari bor: Bruklin, Romeo, Kruz va Xarper.

1. Krishtianu Ronaldu va Jordjina Rodriges

Glamur va moda haqida gap ketganda, hech bir juftlik Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning ko'zni qamashtiruvchi dueti bilan tenglasha olmaydi.

Ronaldu beshta «Oltin to'p» bilan dunyoning eng yaxshi futbolchisi sanaladi. Faoliyati davomida u juda ko'p go'zallar bilan uchrashdi, ammo u nihoyat o'z umr yo'ldoshini topdi.

Ular ilk bor 2016 yilda Madriddagi "Gucci" do'konida tanishgan, u erda Jorjina sotuvchi bo'lib ishlagan. Rodrigesning aytishicha, bu «bir ko'rishda sevgi» bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: