SportUz.Net

Bernardeski MLS klubiga o'tishga qiziqmoqda

06.07.2022 15:50    


Rasmni yuklab olish

Yarim himoyachi Federiko Bernardeski faoliyatini SHimoliy Amerikada davom ettirishi mumkin.

O'yinchi 1 iyulda shartnomasi yakunlangani sabab erkin agentga aylandi.

Jurnalist Maykl Singxning xabariga ko'ra, "Toronto" Bernardeskiga qiziqish bildirmoqda. O'yinchining o'zi faoliyatini MLSda davom ettirishni xohlaydi. Tomonlar shartnoma tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.

Bernardeski o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: