SportUz.Net

"Barselona" Alonso masalasida "CHelsi" bilan kelisha olmayapti

05.07.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" "CHelsi" himoyachisi Markos Alonsoni ushbu yozdagi bosh transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda.

Futbolchining o'zi Kataloniya klubiga o'tishni xohlamoqda. U "CHelsi"dan "Barselona"ga qo'yib yuborishlarini so'raydi.

Alonso "ko'k-anorranlilar" bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishgan. Ammo, klublar transfer narxi bo'yicha kelisha olishmayapti. "CHelsi" 12-14 million evro so'ramoqda.

Alonso o'tgan mavsum "CHelsi" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: