Argentinalikka anchadan beri qiziqish bildirayotgan "Inter" shartnoma imzolashdan oldin bir necha futbolchilarini sotish kerak. "Inter"dan Aleksis Sanches va Edin Jeko ketishi mumkin.
Bu vaqtda Dibala bilan "Milan", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Napoli" bog'landi. Ushbu klublarning barchasi forvardga taklif berishdi.
Paulo yangi klubidan yiliga 6+1 mln evro miqdorida maosh va 4 yillik bitim olmoqchi. "Napoli" uchun bunday moliyaviy talab juda yuqoridir.