Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, o'yinchiga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Klub tez orada transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ayni damda tomonlar muzokaralar olib bormoqda.
"Feyenoord" futbolchi uchun 15 million evro oladi, shuningdek 2 million evro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.
Malasia o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi. O'yinchining transfer narxi — 17 million evro.