SportUz.Net

Messi o'tgan yili Maneni "Barsa"da ko'rmoqchi bo'lgandi. Bu haqda Sadioning maslahatchisi aytdi

27.06.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

Sadio Manening maslahatchisi Lionel Messi uning mijozini "Barselona"da ko'rmoqchi bo'lganini xabar qildi.

"Sadio Mane o'tgan yili "Barselona"ga o'tishi mumkin edi.

Lionel Messi yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda uning ismini tilga olgan. O'shanda u ikki futbolchini aytgan: Sadio Mane va argentinalik markaziy himoyachi", — deydi Bakari Sisse.

30 yoshli vinger ushbu yozda "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tdi. Messi esa 2021 yilda "Barselona"dan ketdi va PSJ o'yinchisiga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: