SportUz.Net
photo photo

Zidan JCH-2006 haqidagi xotiralarini esladi

24.06.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi Zinedin Zidan JCH-2006 haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

O'sha musobaqa chorak finalida Franciya Braziliyani 1:0 hisobida mag'lub etgandi. 

"Bu mening Franciya terma jamoasi tarkibidagi eng zo'r o'yinlarimdan biri bo'lgandi. Men jarohat bilan o'ynagandim. 

Ispaniyaga qarshi 1/8 final bahsida, jamoamizning uchinchi golini kirita turib, jarohat olgandi. Oyog'imda muammolar bo'lgandi. Bu haqida xech kim bilmagan. 

Tibbiy ko'rikka bordim va menga Braziliyaga qarshi o'ynamasligimni aytishdi. Men esa: "Nima? Men Braziliya bilan o'ynamaymanmi?" degandim. 

Tibbiyot xodimlari maydonga chiqishim uchun barcha ishni qilishdi. SHundan so'ng men o'ynadim. CHunki buni judayam istagandim. 

Har bir o'yin men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin edi. Har bir soniyadan zavq olishni istagandim", - dedi Zidan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: