SportUz.Net
photo photo

PSJ prezidenti "Real"ga CHempionlar ligasini tark etishni taklif qildi

22.06.2022 20:50    


Rasmni yuklab olish

PSJ prezidenti Nosir al Xelayfi "Real" prezidenti Floretino Peresning Superliga loyihasi hali ham mavjudligi haqidagi gapiga javob qaytardi.

Xelayfi Madrid klubiga CHempionlar ligasida qatnashishdan bosh tortishni taklif qildi.

"Men uchun Superliga loyihasi allaqachon mavjud emas. "Real Madrid" CHempionlar ligasida haqli ravishda g'alaba qozondi. Bir tomondan, ular turnirda g'alaba qozonishni istaydi va deyarli bir hafta davomida g'oliblikni nishonlaydi, ikkinchi tomondan esa, musobaqada ishtirok etishni yoqtirmaydi. 

Agar "Real Madrid" o'zini baxtsiz his qilayotgan bo'lsa, CHempionlar ligasida ishtirok etishning hojati yo'q. Bu barcha uchun dunyodagi eng yaxshi turnir hisoblanadi, nega ispan muxlislari ham bu musobaqaga qarshi ekanligini bilmayman, lekin men uchun Superliga loyihasi o'lib bo'lgan", — dedi parijliklar rahbari.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: