SportUz.Net
photo photo

"Manchester Siti" Jezus va Sterlingga o'rinbosar topdi

22.06.2022 13:25    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvares transfer bozorida katta talabga ega bo'lmoqda.

Bir yo'la besh klub argentinalik bilan shartnoma imzolashni xohlagan edi, ammo ular "shaharliklar" rahbariyatidan rad javobini olishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Angliya chempioni 22 yoshli hujumchining mavsumni jamoa tarkibida boshlashini xohlaydi. Unga Gabriel Jezus yoki Raxim Sterlingning o'rinbosari sifatida qarashmoqda. Ushbu futbolchilardan biri ushbu yozda "Siti"dan ketishi mumkin.

"Manchester Siti" Alvaresni "River Pleyt"dan yanvarda 15 million funtga xarid qilgan edi. Forvard mavsumning qolgan qismini Argentina jamoasida o'tkazdi. U 7 iyuldan so'ng "shaharliklar" tarkibiga borib qo'shiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: