"Manchester Yunayted" yangi ustozi Erik ten Xag va portugaliyalik forvard o'rtasidagi suhbat ko'ngildagidek o'tgan. Ayni paytda Ronaldu boshqa klublar bilan muzokara olib bormayapti, deb xabar bergan Fabricio Romano.
Avvalroq Krishtianuga "Roma" qiziqayotgani xabar qilingandi. Romanoning yozishicha futbolchining maoshi Italiyaning har qaysi klubi uchun ko'plik qiladi.
O'tgan mavsum 37 yoshli forvard "qizil iblislar" safida 39 uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Teofimo Lopes SHakur Stivensonni nokaut qilishga vada berdi, amerikalik joyida javob qaytardi
"Ularning peshonasidan darcha ochib qo'yaman. Garri - Della Maddalena va Maxachev haqida