SportUz.Net
photo photo

Kroos jarohat sabab Germaniya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi, "Liverpul"ga qarshi o'yinchi?

24.03.2021 09:25    


Rasmni yuklab olish

Yarim himoyachi Toni Kroos Germaniya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi.

Nemis futbol ittifoqi rasmiy saytida yozilishicha, Kroosda muammolar bor. Muammo shunchalik jiddiyki, futbolchi mart oyida o'tkaziladigan islandlar, ruminlar va shimoliy makedonlarga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Kroosning tiklanish muddati haqida hali malumot yo'q. Takidlash kerakki, "Real" ikki haftadan so'ng CHempionlar Ligasi chorak final "Liverpul"ga qarshi ilk o'yinni o'tkazadi.

Toni Kroos joriy mavsum "Real" safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 9ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: