SportUz.Net
photo photo

Eshitdik-da! O'zbekiston ishtirokidagi yarim final muxlislarsiz o'tadi

12.06.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

Kecha U-23 Osiyo kubogi chorak final dastlabki ikkita uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi iroqliklar bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda vakillarimiz bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay penaltilar seriyasida g'alaba qozonishdi va 1/2 finalga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuv davomida muxlislar hakam va raqib o'yinchilaridan norozilik o'laroq maydonga turli qattiq jismli buyumlar (tosh, bolt va h.) uloqtirishdi.

Afsuski, ana shu otilgan qattiq jismlar natijasida o'zbekistonlik fotograflardan biri va xorijlik operator jarohat oldi. Bu haqda kecha xabar bergan edik.

FOTO  O'zbekiston – Iroq bahsida muxlislar tomonidan otilgan tosh fotosuratchi va operatorni og'ir ahvolga solib qo'ydi

"Championat.asia"ga etib kelgan malumotlarga ko'ra, U-23 Osiyo chempionatining O'zbekiston ishtirokidagi yarim final o'yini muxlislarsiz o'tkaziladi. Qo'shimchasiga moddiy jarima ham qo'llanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi yarim final bahsini 15 iyun kuni "Paxtakor" stadionida o'tkazadi. 21:00da start oladigan uchrashuvda bizga J.Koreya yoki Yaponiyadan biri raqib bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: