SportUz.Net

"Barselona" APLda o'ynayotgan futbolchini xarid qilmoqchi

11.06.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan shartnoma imzolamoqchi.

25 yoshli portugaliyalik Kataloniya klubining yozgi transfer oynasidagi maqsadiga aylandi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" vakillari yarim himoyachining agenti Jorje Mendeshga mijozi bilan shartnoma imzolash uchun bor kuchlarini ishga solishlarini malum qildi.

SHu bilan birga, "Vulverxempton" Nevesh uchun yaxshigina tovon puli xohlamoqda, ammo Mendesh kataloniyaliklarga transferning amalga oshish imkoniyati borligini aytdi.

Nevesh o'tgan mavsum "Vulvs" safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi. Xavbekning Angliya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: