"Ehtimol, bu butun faoliyatim davomidagi eng muhim qarordir. Ko'plab suhbatlar bo'ldi, ammo to'g'risini aytsam, men "Real" va "CHelsi"dan birini tanladim.
Adashmasam, "Real" birinchi bo'lib sentyabr yoki oktyabrda men bilan bog'landi. Bunday klub har kuni ham sizni chaqirmaydi va bu aqlbovar qilmas hodisa bo'ldi", – deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi "Real"ga "CHelsi"dan erkin agent maqomida o'tdi.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi