SportUz.Net

“Navbahor” Rossiya klubi bilan hamkorlik qiladi

09.06.2022 15:00    


Rasmni yuklab olish

O'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan “Navbahor” PFK xorij klublari bilan ham hamkorlik sohasida ham samarali faoliyat olib bormoqda.

Jumladan, kuni kecha "Navbahor" klubi rahbariyati sobiq ittifoq va Rossiya futbolida o'z o'rni va obro'siga ega bo'lgan, jahon futboliga ko'plab mahoratli futbolchilarni etkazib bergan, yangi mavsumni Rossiya Premer-ligasida boshlaydigan Moskvaning “Torpedo” klubi rahbariyati bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida har ikki klub vakillari turli yo'nalishlar, shu jumladan, klub akademiyalari, har ikki jamoa murabbiy va futbolchilari borasida tajriba almashish, o'zaro nazorat o'yinlari o'tkazish va boshqa masalalar bo'yicha hamkorlik borasida kelishuvga erishishdi.

SHuningdek. uchrashuv davomida “Torpedo” klubi vakillari "Navbahor"ning serbiyalik 29 yoshli tajribali hujumchisi Zoran Marushichga qiziqish bildirishdi. Marushichning transfer narxi bo'yicha kelishuvga erishilsa, serbiyalik forvard yangi mavsumni “Torpedo” jamoasida boshlashi ham ehtimoldan xoli emas.

"Navbahor"ning "Torpedo" bilan hamkorligi samarali davom etishiga tilakdoshmiz", - deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: