SportUz.Net
photo photo

Namanganda bo'lib turgan Tailand terma jamoasida ovqatlanish bilan muammolar yuzaga kelgani malum qilindi

07.06.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

Namangan shahri 8-14 iyun kunlari Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichiga mezbonlik qiladi.

Osiyo kubogi saralash o'yinlarining aynan Namanganda o'tkazilishi bu ushbu viloyat muxlislari uchun ajoyib sovg'a bo'ldi. Namanganlik muxlislar O'zbekiston milliy terma jamoasining rasmiy o'yinlarini stadiondan turib tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Bu ajoyib.

Biroq xorijiy nashrlarda ushbu saralash bosqichidagi tashkilotchilik masalasiga nisbatan etirozlar paydo bo'ldi. Xususan, Goal.com nashrining yozishicha, Tailand terma jamoasi Namanganda ovqatlanish bilan muammolarga duch kelgan:

Mehmon jamoaning bildirishicha, Namangandagi mehmonxona taqdim etgan taomlarning deyarli barchasida yog' mavjud. Xattoki, SHarqiy Osiyo vakillari sevib imtemol qiladigan guruch mahsuloti ham O'zbekistonda yog'da qovuriladi. Bu esa sog'lom ovqatlanish qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Tailandlik futbolchilar esa bunday ovqatlarni istemol qila olishmagan.  SHu sabab ham, jamoa menedjeri Namangandan koreys va yapon taomlarini o'yinchilar uchun buyurtma qilishga majbur bo'lgan. Keyinroq esa jamoa uchun Toshkent shahridan Namanganga Tailand taomlarini ham buyurtma qilgan. Yo'lga esa to'rt soat vaqt sarflanishi qo'shimcha qilingan. Goal nashri bergan xabarda ushbu jarayon saralash bosqichi yakuniga qadar davom etishi aytilgan.

SHu o'rinda bir necha savollar tug'ilishi aniq: Musobaqa tashkilotchilari mehmon jamoalarning ovqatlanish madaniyati va hayot tarzidan bexabar bo'lishganmi? Nega boshqa terma jamoalar birlamchi ehtiyoj bo'lgan ovqat uchun sarson bo'lishlari kerak? Mehmonxonada raqib terma jamoalariga maqul keladigan toamlar tayyorlashning iloji yo'qmi? 

Guruhimizdagi uchchala jamoaning (Tailand, Maldiv va SHri-Lanka) ham ovqatlanish madaniyati o'zaro o'xshash. Yani Tailand jamoasida kuzatilayotgan muammo boshqa terma jamoalarda ham kuzatilayotgan bo'lishi mumkin. Saralash bosqichi tashkilotchilari barcha jamoalarga qulay va teng sharoit yaratib berishlari lozim. Aks holda, bu raqib jamoalarning etiroziga sabab bo'lishi mumkin. Tailand terma jamoasida kuzatilgan holatning xorijiy nashrlarda ko'tarilishi esa O'zbekiston imidji uchun yomon tasir o'tkazishi aniq. Albatta, terma jamoa o'yinlarini Namanganda o'tkazish juda yaxshi g'oya. Ammo futbol faqatgina maydondagi o'yindan, muxlislardan iborat emas. Musobaqa mezboni sifatida biz barcha terma jamoalarga teng sharoit yaratib berishimiz lozim. Ayniqsa, shu guruhda aynan o'z terma jamoamiz kurash olib borayotgan vaziyatda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: