SportUz.Net
photo photo

Massimiliano Allegri Ronalduning eng kuchli jihati haqida aytib o'tdi

22.03.2021 20:50    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu ham odam, u ham xato qilishi mumkin. Biroq kamdan-kam futbolchi himoyachidan qutilib darvoza tomon u kabi oshiqadi. Krishtianuning kuchi uning ongi g'alabalar uchun "dasturlashtirilgan". Ronaldu 5 bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan, ECHL bosh sovriniga ko'p bor ega chiqqan va boshqa ko'plab sovrinlarni yutib olgan, lekin shunda ham har kuni u o'zini ruhlantirish yo'lini topa oladi.

U bilan birga o'ynaydigan futbolchilar, portugaliyalik bo'shatib bergan hududni kimdir to'ldirishi zarurligini bilishlari lozim. Bechora Mandjukich, Ronaldu bilan birga o'ynaganda, bir yilda butun faoliyatidagidan ko'proq masofani yugurib o'tdi. Menga Mandjukich yoqadi, u fantastik futbolchi", – dedi mutaxassis Sky Sport Italia efirida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: