Eslatib o'tamiz, Ukrainadagi notinch vaziyat sabab terma jamoa ishtirokidagi uchrashuvlar keyinroqqa qoldirilgandi. Pley-off yarim finalida ukrainlar SHotlandiyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda esa ularga Garet Beyl etakchiligidagi Uels terma jamoasi ro'baro keldi. Uchrashuvning 34-daqiqasida qanotdan oshirilgan to'pni Yarmolenko o'z darvozasiga joylab qo'ydi. O'yinda hisob boshqa o'zgarmadi. Yakunda uelsliklar zafar quchib, Qatarda o'tkaziladigan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Uels terma jamoasi quraga ko'ra, "B" guruhida Angliya, Eron va AQSH terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Uels – Ukraina 1:0
Gol: 1:0 – 34, avtogol Yarmolenko.
Uels – Xennessi, Roberts, Devis, Rodon, Ampadu, Uilyams (Norrington-Devis, 90), Remzi, Allen, Beyl (Uilson, 83), Mur, Djeyms (Djonson, 71).
Ukraina – Bushhan, Karavaev, Matvienko, Zabarnyy, Mikolenko, Yarmolenko, Cygankov (Mudrik, 77), Stepanenko (Sidorchuk, 70), Malinovskiy (SHaparenko, 70), Zinchenko, Yaremchuk (Dovbik, 77).
Ogohlantirishlar: Allen (2), Djeyms (3), Mikolenko (32), Mudrik (90).
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda
Bektemir Meliqo'zievning vaznidagi Berlanga raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi + VIDEO