Unda Uels terma jamoasi Kardiff shahridagi "Millenium" stadionida Ukrainaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. G'alaba qozongan jamoa Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur juftlik g'olibi “V” kvartetidan joy oladi va Angliya, Eron hamda AQSHga qarshi bahs olib boradi.