"O'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runovning "Ufa" bilan ijara kelishuvi yakuniga etdi. O'runov jamoamiz tarkibida joriy mavsum 17ta o'yin o'tkazdi.
"Ufa" futbol klubi Ostonga hamkorlikdagi faoliyat uchun minnatdorchilik bildiradi va professional faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi!", - deyiladi MFLga tushib ketgan klub xabarida.
O'ruonv "Spartak"ga 2020 yilning yozida "Ufa"dan o'tgan edi. U 2021 yilning fevralida Boshqirdiston jamoasiga ijara asosida qaytdi va bir yarim mavsum RPL doirasida 25ta o'yin o'tkazdi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"