SHartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggida yakuniga etadigan 34 yoshli ispaniyalik bitim yakunlanganidan so'ng klubdan ketadi.
Mata "Manchester Yunayted"da 2014 yilning yanvaridan beri o'ynayotgan edi. U jamoa tarkibida 285 ta o'yinda maydonga tushib, 51 ta gol va 47 ta assist qayd etdi.
Mata MYU tarkibida Angliya Kubogi, Liga Kubogi, mamlakat Superkubogi va Evropa Ligasida g'olib chiqqan.