SportUz.Net
photo photo

"Roma" Dibala uchun kurashdan chiqdi va "Inter" favoritga aylandi

31.05.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala kelasi mavsumni "Inter" tarkibida o'tkazmoqchi.

Oldinroq "Roma" ham argentinalikni tarkibiga qo'shib olish uchun ishlarni boshlab yuborgani aytilgandi. Biroq rimliklar Dibalaning shartlariga rozi bo'lmagan va kurashdan chiqqan.

"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta esa futbolchiga bo'layotgan qiziqishlarni tasdiqlagan.

"Oldindan bir nima deb bo'lmaydi. Ammo uning kelasi mavsum tarkibimizda ko'rishimizga umid qilyapman", - dedi mutaxassis.

Yozda Dibala erkin agentga aylanadi. "Inter" esa futbolchiga "3+1" ko'rinishidagi shartnomani tayyorlab qo'ygan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: