SportUz.Net
photo photo

Saloh: "Sayyoradagi eng yaxshi futbolchiman. Boshqani tanlash kerak bo'lsa, uni ham aytaman"

27.05.2022 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ayni damdagi dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Real"ga qarshi CHempionlar ligasi finali oldidan BT Sport nashriga bergan intervyusida Salohdan "O'zingizni sayyoradagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaysizmi?", deb so'rashdi.

"Ha, men shunday degan bo'lardim", dedi Saloh. - O'ylashimcha, shunday. Siz boshqasini tanlaysizmi yoki yo'qmi, fikringizni hurmat qilaman. Lekin bu mening qarashim.

Agar meni qabul qilmasangiz, Benzemani tanlagan bo'lardim", - dedi misrlik hujumchi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: