Rimliklar finalda "Feyenoord"ni mag'lub etishdi. Eldor esa uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi.
O'yindan so'ng SHomurodov Instagramdagi "storiz"ga surat joylashtirdi. U jamoadoshi Kris Smolling bilan birga medal ushlab suratga tushdi va "Uxlamaganlarga salom" deya izoh qoldirdi.
Malumot uchun, SHomurodov Evrokubokni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo'ldi. Bungacha Vitaliy Denisov UEFA kubogida CSKA bilan birga g'olib chiqqandi. Biroq, finalda maydonga tushib g'alaba qozonish bo'yicha SHomurodov birinchi bo'ldi.