SportUz.Net
photo photo

Xoland “Barselona”ga o'tadimi? Kuman bu savolga javob berdi

21.03.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman “Borussiya” (Dortmund) klubi hujumchisi Erling Xolandning Kataloniya klubiga transfer qilinishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Xoland? Biz bilan kelishuvga erishamagan futbolchi haqida hozir gapirish mavridi emas. Bu uning klubiga nisbatan ham hurmatsizlik hisoblanadi. SHartnoma imzolanishi borasida gap so'zlar bo'layapti, ammo bu menga yoqmayapti. Men uchun qo'l ostimdagi futbolchilar bilan ertanga o'yinga munosib hozirlik ko'rish muhim”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Ilgariroq kataloniyaliklar norvegiyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun Koutino, Yumtiti, Braytvayt, Firpo, Grizmann va Dembele singari futbolchilarni sotishga tayyor ekanliklari haqida xabarlar tarqatilgandi.

Eslatib o'tamiz, Xoland 2019 yilning dekabrida “Red Bull Zalcburg” klubidan “Borussiya”ga ko'chib o'tgandi. Uning jamoasi bilan kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: