SportUz.Net
photo photo

"Bavariya" Levandovskining o'rnini "Everton" futbolchisi bilan to'ldirishi mumkin

21.05.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

"Bavariya" forvard Robert Levandovskining o'rniga "Everton" hujumchisi Risharlison bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Myunxen klubi rahbariyati 33 yoshli polyakni qo'yib yuborishni istamayapti, ammo uning o'rniga ehtimoliy variantlarni izlamoqda.

Qayd etish kerakki, "Bavariya" 25 yoshli braziliyalik futbolchining agenti bilan bog'landi.

Eslatib o'tamiz, Levandovski Myunxendan ketmoqchi va "Barselona"ga o'tmoqchi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

U joriy mavsum myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 50ta gol va 7ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: