SportUz.Net
photo photo

BAA chempionati. "SHarja"da yirik g'alaba, Otabek SHukurovdan golli pas

18.05.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

Hamyurtimiz Otabek SHukurov to'p tepayotgan "SHarja" jamoasi BAA chempionatining 24-turida safarda "Banni Yas" klubi mehmoni bo'ldi.

Safarda o'ynashiga qaramay, sharjaliklar yirik 4:0 hisobida zafar quchishdi. O'yinning 4-daqiqasida Luanzinoning kiritgan goliga hamyurtimiz Otabek SHukurov assistentlik qilgan. Terma jamoamiz azosi uchrashuvda odatdagidek to'liq 90 daqiqa harakat qilgan. 

"SHarja" ushbu g'alabadan so'ng ochkolarini 51 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.  Peshqadam "Al Ayn" bilan ochkolar farqi roppa-rosa 10 tani tashkil qilmoqda. 

"Banni Yas" - "SHarja" 0:4

Gollar: Luanzino 4, Kayo 18,45, Salem Salex 86



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: