Kataloniya klubi "Lids"ga futbolchining o'tishi uchun 55 mln evro taklif qildi. Transfer narxi kelajakda qator shartlar bajarilsa 65 milliongacha chiqishi mumkin. Angliya klubi hali "Barselona"ga javob bermadi, sababi jamoa hozirda APLda qolish uchun kurashmoqda.
Rafinya "Lids"ga 2020 yilda "Renn"dan 20 mln evro evaziga o'tgandi. O'yinchi tezda jamoaning muhim o'yinchisiga aylana oldi, u hozirda Braziliya terma jamoasiga muntazam jalb qilinmoqda.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"