SportUz.Net

O'zbekiston U-16 terma jamoasi xalqaro turnirni durang bilan boshladi

14.05.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

Dushanbe shahrida o'tkazilayotgan CAFA U-16 Championship 2022 turnirining ilk bahsida O'zbekiston U-16 terma jamoasi Eron bilan jangovar durang o'ynadi.

Dastlabki golni kiritib, birinchi taymni o'z foydasiga hal qilgan Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ikkinchi bo'limda o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yubordi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida esa o'zbekistonliklar hisobni tenglashtirdi. SHu tariqa, mazkur bahs durang natija bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, U-16 terma jamoasi navbatdagi o'yinni ertaga afg'onistonlik tengqurlariga qarshi o'tkazadi.

O'zbekiston 2:2 Eron

Gollar: Zikrillo Muxtorov, Gandi Pur 59, Mahan Digehsara 62, Amirbek Saidov 88.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi: Muhammadyusuf Sobirov, Behruz SHukurullaev, Ozod O'ktamov, SHerzod Abdulboriev, Danil Panferov, Ollobergan Karimov, Azizbek To'lqinov, Zikrillo Muxtorov, Lazizbek Mirzaev, Jahongir Hoshimboev, SHodiyor SHodiboev



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: