SportUz.Net
photo photo

Xoland Ronaldudan ko'proq maosh oladi

11.05.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" va hujumchi Erling Xoland o'rtasidagi shartnomaning ayrim tafsilotlari malum bo'ldi.

Forvard haftasiga 585 ming evro miqdorida maosh oladi. Bu APLning eng ko'p haq oladigan o'yinchilari bo'lmish Krishtianu Ronaldu va Kevin de Bryuynenikidan ko'p.

Oldinroq xabar berilganidek, "Manchester Siti" Xoland bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Transfer narxi 60 mln evroni tashkil etadi.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 7ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: