SportUz.Net

Karim Benzema "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi

05.05.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

"Real" hujumchisi Karim Benzema jamoaning CHempionlar Ligasi finaliga chiqqani borasida gapirdi.

Madridliklar javob o'yinida "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Gollardan biriga Benzema mualliflik qildi.

"Hissiyotlarga boy kecha... Jamoa bilan juda faxrlanaman. Franciyadagi finalda ko'rishguncha", - deb yozdi Benzema o'z ijtimoiy tarmog'iga.

"SHaharliklar" ilk o'yinda "Real"ni 4:3 hisobida yutgandi. "Real" javob bahsida 3:1 hisobida g'alaba qozondi va turnir finaliga chiqdi.

Madridliklar 28 mayda Sen-Denidagi "Stad-de-Frans"da "Liverpul" bilan o'ynashadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: