SportUz.Net

"Borussiya" Xolandning Dortmunddan ketishini tasdiqladi

30.04.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

Dortmundning "Borussiya" klubi direktorlar kengashi raisi Xans-Yoaxim Vatcke hujumchi Erling Xolandning "Manchester Siti"ga o'tishni xohlayotganini aytdi.

"Uning shartnomasida tovon puli yozilgan. Yo'qsa, u allaqachon "Manchester Siti"ga o'tgan bo'lardi. O'yinchining o'zi qaror qabul qilishi kerak. Biz yangi Xolandni topishimizga ishonchim komil. Bizga yangi Xoland kerak.

Adeyemi? Biz muzokaralar olib bormoqdamiz. O'yinchining o'zi "Borussiya" tarkibida o'ynamoqchi. Bu masalani hal etish kerak", - deydi Vatcke.

Erling Xoland joriy mavsum "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: