SportUz.Net
photo photo

Rasmiy xabar: Keyingi yil U-23 Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tadi

18.03.2021 17:50    


Rasmni yuklab olish

OFK 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistonda o'tishini rasman elon qildi.

Ushbu musobaqa ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida o'tkaziladi. Bu haqda championat.asia OFK rasmiy saytiga tayanib xabar berdi. 2022 yilgi musobaqa 6 sentyabr kuni start oladi va 25 sentyabr kuni final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionatini o'tkazishi kerak edi va unga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Pandemiya tufayli ushbu musobaqa bekor qilindi.

U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari 2021 yilning 23-31 oktyabr kunlari oralig'ida markazlashgan holda o'tkaziladi. Qaysi guruh o'yinlari qaysi davlatda o'tishi keyinroq malum qilinadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: